Internet-banking — Sizga Internet orqali o’z hisobraqamingizni boshqarishga imkon beruvchi interaktiv bank xizmatidir. Internet-banking texnologiyasidan foydalanish uchun Sizga Internetga ulangan hamda Microsoft Internet Explorer brauzeri o’rnatilgan kompyuterga ega bo’lish yetarli

Internet-banking quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:

  • Bankka barcha turdagi moliyaviy hujjatlarni yuborish va bank bilan ma’lumot almashish, vaqtingiz va transport harajatlaringizni tejash;
  • Bankdan barcha hisobraqamlar bo’yicha istalgan vaqt davri uchun ko’chirmalarni va hujjatlarni olish;
  • Bankda real vaqt rejimida to’lov hujjatlariga ishlov berishning barcha bosqichlarini kuzatish;
  • Xatolar to’g’risida xabarlarni tez olish;
  • Kiruvchi va chiquvchi to’lov hujjatlarini ko’zdan kechirish va chop etish