Bank plastik kartalari zamonaviy ko'rinish va qulayliklarga ega. Plastik karta dizayni bankning umumiy dizayni asnosida yaratilgan. Plastik kartalar Uzcard to'lov tizimi orqali ishlaydi.

Uzcard plastik to'lov tizimlarini yagona tizimga birlashtirish va nazorat qilish uchun ishlab chiqalgan to'lov tizimidir. Butun O'zbekiston plastik kartochkalari shu tizimga ulangan va ulanmoqda. Endilik barcha plastik kartalarda uzcard belgisini ko'rish mumkin. Xo'sh bu tizim bizga qanday imkoniyatlar beradi ?

Bugungi kunda ko'pchiligimizda plastik kartochka bor va keng do'konlardan narsa xarid qilishda undan foydalanib kelamiz. Endi esa Uzcard tizimi orqali biz plastigimizdagi mablag'ni rela vaqt ichida o'zimiz nazorat qilishimiz va juda ko'p xizmatlarga to'lov qilishimiz mumkin ! Bu xizmatdan foydalanish uchun sizning plastik kartangizda sms xabarnoma xizmati yoqilgan bo'lishi kerak. Uni yoqish bepul bo'lib, hamma banklarda mavjud va bir zumda bitadigan ishdir, agar plastigingizni versiyasi eski bo'lsa yangilab berib, keyin sms xabarnomani yoqib berishadi. Sms xabarnoma yoqilishi bilan sizga plastigindagi xarajat ro'yhati kela boshlaydi va siz web interfeys yoki boshqa interfeyslar orqali uni boshqara oladigan bo'lasiz.